Premium mamasha ryukzagi – ona va chaqaloq uchun kundalik foydalanishga mo'ljallangan zamonaviy, qulay va keng sig'imli sumka. Ko'p bo'limli tuzilishi tufayli taglik, kiyim, salfetka, butilka, o'yinchoq, telefon, hamyon va boshqa kerakli buyumlarni tartibli joylashtirish imkonini beradi.
Suvga chidamli va mustahkam matodan tayyorlangan bo'lib, namlik va changdan himoya qiladi. Yumshoq, nafas oluvchi orqa qismi hamda keng yelkama tasmalari uzoq vaqt davomida ham qulay foydalanishni ta'minlaydi. Yon cho'ntaklari butilka yoki termos uchun, old cho'ntaklari esa tez-tez ishlatiladigan buyumlar uchun juda qulay.
Mazkur sumka sayohat, shifoxona, sayr va kundalik foydalanish uchun ideal tanlov hisoblanadi.

