Ombre Braid Kanekalon – afrika uslubidagi o‘rimlar (Afro Braids), box braid, twist va boshqa zamonaviy soch turmaklari uchun mo‘ljallangan sifatli sun'iy tola. Yumshoq, yengil va tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lib, uzoq muddat shaklini saqlaydi hamda o‘rish uchun juda qulay.
60 sm uzunligi sochlarga chiroyli hajm va uzunlik beradi. 8 xil zamonaviy rang mavjud bo‘lib, kundalik foydalanish, bayram va fotosessiyalar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.

