• Lotin yozuvida
Oltin zanglamas— Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tomonidan 1963-1965-yillarda yozilgan roman. Ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan. Oltin Zanglamas romanida urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonlarga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.
Roman sovet va mustaqillik davrlarida koʻp marotaba nashr etilgan.
Roman adibning quyidagi soʻzlar bilan boshlanadi: „Mehribon onam, sevikli muallimim, qadrdon doʻstim, aziz farzandlarimga bagʻishlayman“.
Asarning bosh qahramoni Sodiq ismli halol, vijdonli toʻgʻrisoʻz oʻqituvchi. U maktab direktori sifatida juda faol va atrofidagilarga nisbatan talabchan, qattiqqoʻl. Uning ana shu xususiyatlari maktabdosh ayrim dangasa, xulqi buzuq, saviyasi past xodimlarga yoqmaydi. Atrofda hech sababsiz „qama-qama“lar avj olgan vaziyat bundaylarga juda qoʻl keladi va ular sofdil Sodiqni ham „chaquv“ bilan qamatishga muvaffaq boʻlishadi.
„Men bu hayotning atrofidamas, naq ichida boʻlganman. Bu mavzuda biror narsa yaratmasam koʻnglim joyiga tushmas edi“ -deya yozgan edi Shuhrat asari haqida.

