OLLEE konsileri — yuz va ko‘z osti sohasi uchun mo‘ljallangan yengil teksturali koreys konsileri. U teridagi mayda kamchiliklarni vizual yashirishga, ko‘z ostidagi qoramtirlikni yumshatishga, qizarishlar, post-akne izlari va pigment dog‘larini kamroq seziladigan qilishga yordam beradi. Kundalik makiyajda og‘ir tonal krem surmasdan, faqat kerakli joylarni to‘g‘rilashni xohlaydiganlar uchun juda qulay mahsulot.
Har kuni teri bir xil ko‘rinmaydi. Ba’zan uyqu yetmaydi, ko‘z osti charchagan ko‘rinadi, yuzda qizarish paydo bo‘ladi yoki eski toshmalardan qolgan izlar umumiy ko‘rinishni buzadi. Bunday paytda butun yuzga qalin ton surish shart emas. OLLEE konsileri aynan shu vaziyat uchun kerak: ozgina surtasiz, yengil blend qilasiz va teri darhol saranjom, toza va tekisroq ko‘rinadi.
Ko‘pchilikda bir xil muammo bor: yuzning umumiy holati yomon emas, lekin ayrim joylar kayfiyatni buzadi. Ko‘z ostidagi qoramtir doiralar, burun atrofi qizarishi, post-akne izlari, pigment dog‘lari yoki notekis ton makiyajni chala ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, ertalab vaqt kam bo‘lsa, yuzni “full makeup” qilishga imkon bo‘lmaydi.
Oddiy insoniy holat: 5 daqiqada tayyor bo‘lish kerak, lekin ko‘z osti charchagan, yuzda bitta-ikkita dog‘ ko‘rinib turibdi. Telefon kamerasi ham buni yanada ko‘rsatadi. Qalin tonal krem esa har doim ham qulay emas — ba’zida og‘ir tuyuladi, teri teksturasini ajratib ko‘rsatadi yoki tabiiy ko‘rinishni yo‘qotadi.
OLLEE konsileri muammoni lokal tarzda hal qiladi. Uni butun yuzga emas, faqat kerakli joylarga surtish mumkin: ko‘z ostiga, qizarishlarga, post-akne izlariga, dog‘larga, burun atrofiga yoki ton notekis ko‘ringan nuqtalarga. Mahsulot yengil krem teksturaga ega bo‘lib, teriga oson yoyiladi va tabiiy ko‘rinadi.
Bu konsiler “maskadek” og‘ir effekt bermasdan, terini vizual ravishda silliqroq va chiroyliroq ko‘rsatishga yordam beradi. Kundalik makiyaj, o‘qish, ish, uchrashuv, videoqo‘ng‘iroq, suratga tushish yoki oddiy kunlik obraz uchun mos.
OLLEE konsileri — bu kosmetichkada bo‘lishi kerak bo‘lgan kichik, lekin foydali mahsulot. U yuzdagi mayda kamchiliklarni berkitish, ko‘z ostini yangiroq ko‘rsatish va makiyajni toza tugatish uchun ishlatiladi. Agar teri umumiy jihatdan yaxshi bo‘lsa, konsilerni tonal krem o‘rniga ham ishlatish mumkin: faqat kerakli joylarga surtasiz va tabiiy natija olasiz.
Mahsulotni barmoq, spong yoki kistochka bilan rastushovka qilish mumkin. Appilikator yordamida surtilgani uchun ishlatish juda oson. Yangi boshlovchilar ham bemalol foydalana oladi, chunki murakkab texnika talab qilmaydi.

