OLLEE Matte Skin Perfector — 5 tasi 1 da BB-krem
Yuz rangini tekislaydi, kamchiliklarni berkitadi va teriga tabiiy matviy ko‘rinish beradi. Yuzda qalin yoki niqobdek bo‘lib qolmaydi.
Krem teri rangiga moslashadi va kun davomida yuzning yog‘lanib, yaltirab ketishini kamaytirishga yordam beradi.
SPF 50+ quyosh nurlaridan himoya qiladi.
Tarkibidagi foydali moddalar terini namlaydi, tinchlantiradi va yumshoq, silliq ko‘rinish beradi.
Asosiy xususiyatlari:
• Teri rangiga moslashadi
• Yuz rangini tekislaydi
• Tabiiy mat ko‘rinish beradi
• 10 soatgacha saqlanadi
• SPF 50+ quyoshdan himoya
• Terini namlaydi va parvarish qiladi
• Paraben, spirt va mineral yog‘larsiz
• Sezgir teriga ham mos
Tarkibida:
• Anor ekstrakti — terini tetik va chiroyli ko‘rsatishga yordam beradi
• Sentella — terini tinchlantiradi, qizarishni kamaytirishga yordam beradi
• Ipak proteini — terini silliq va yumshoq qiladi
• Gialuron kislotasi — terini yaxshi namlaydi
• Niatsinamid (B3 vitamini) — teri rangini tekislashga va dog‘larni kamaytirishga yordam beradi
Kimlar uchun mos?
Normal, quruq, yog‘li, aralash va sezgir teriga mos. Muammoli, xira va rangi notekis terida ham ishlatish mumkin. Kundalik va kechki makiyaj uchun mos.
Finish: tabiiy, baxmaldek mat.
Color 1 Light — och rangli teri uchun.
Color 2 Medium — o‘rtacha va bug‘doyrang/qoracharoq teri uchun.

