Ushbu kitobda taniqli nemis psixoterapevti Nosrat Peseshkian hamkorlikning asosiy shakllarini ko‘rib chiqadi va ulardan insonning o‘z xulq-atvorini aniqroq anglashda o‘ziga xos ko‘zgu sifatida foydalanadi. Hamkorlikning 33 xil shakli voqelikning mavjud holatini aks ettirsa-da, ulardan biri ko‘zlangan natijaga erishish — ya’ni munosabatlardagi noyob salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ochib beradi. Hamkorlikning ushbu 33 shakli muallifning shaxsiy amaliyotidan olingan jonli hikoyalar va misollar orqali yoritilgan bo‘lib, ularga mazkur turdagi hamkorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillar tahlili ham ilova qilingan.

