To'liq tavsif:
Bolalar uchun qishki jilet — o'g'il va qiz bolalar uchun mos uniseks model. Yengil va issiq, sovuq havoda tanani yaxshi isitadi, harakatga xalaqit bermaydi. Tik yoqa bo'yinni shamoldan asraydi, sifatli zamok esa kiyib-yechishni qulay qiladi. Yarqiroq qora rangli yumshoq va sifatli materialdan tikilgan, stegan (bo'rtma) tikuv uslubi unga chiroyli ko'rinish beradi. Old qismida ikkita cho'ntak bor, etagi tortma ip bilan kerakli darajada sozlanadi. Orqa va old qismida chiroyli logotip mavjud.
Xususiyatlari:
Kundalik kiyish, maktabga, sayr va o'yin uchun juda mos. Ko'ylak, kofta yoki sviter ustidan kiyib, kuz va qish faslida foydalanish mumkin.
Eslatma: sotib olishdan oldin bolaning bo'yiga qarab o'lchamni tanlang. Aniq o'lchamlar jadvalini tovar sahifasidan tekshiring.

