Bolalar uchun kundalik foydalanishga mo‘ljallangan krossovka o‘g‘il va qiz bolalar uchun mos keladi. Krossovka och krem rangda bo‘lib, turli kundalik kiyimlar bilan osongina uyg‘unlashadi.
Old qismidagi teshikchalar havo almashinuviga yordam beradi. Ichki qismi yumshoq material bilan ishlangan bo‘lib, kiyishda qulaylik yaratadi. Velkro bog‘ichi tufayli krossovkani kiyish va yechish oson.
Krossovka sayr qilish, bog‘cha, maktab va kundalik faoliyatlar uchun foydalanishga mos. Razmerlar 24 dan 29 gacha mavjud.


