
O‘g‘il bolalar uchun sifatli uzun yengli jemper
Maktab, sayr va kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan zamonaviy va sifatli uzun yengli jemper. Klassik to'q ko'k rang va chiroyli to‘qima dizayni uni maktab formasi bilan ham, kundalik kiyimlar bilan ham osoniga moslashtirish imkonini beradi.
Jemper yumshoq, cho‘ziluvchan va qulay trikotaj materialdan tayyorlangan. Cho‘ziluvchanligi sababli bolaning harakatlarini cheklamaydi, o‘qish, yurish, o‘yin va kundalik faoliyat vaqtida erkin harakat qilish imkonini beradi.
O‘rtacha qalinlikdagi jemper bo‘lib, juda og‘ir emas, shu bilan birga sovuq havoda issiqlikni yaxshi saqlashga yordam beradi. Qishda ko‘ylak yoki boshqa kiyim ustidan kiyish uchun ham qulay.

