- 100% tabiiy paxta matosi: Yuqori sifatli, zich va nafas oluvchi paxtadan (xlopok) tikilgan. Terini qichishtirmaydi, elektrlanmaydi, terni yaxshi emadi va allergik reaksiya bermaydi.
- Minimalist va nafis dizayn: Ko‘ylakning chap yelkasi va orqa yelka chizig‘ida joylashgan kontrast oq rangli "GARMENT JEANS" matnli printi kiyimga o‘zgacha "old money" va qimmatbaho ko‘rinish beradi.
- Sifatli va chidamli print: Yozuv fabrikay usulida yuqori texnologiyada bosilgan bo‘lib, ko‘p yuvilganda ham yorilib ketmaydi, o‘chmaydi va buzilmaydi.
- Klassik qaytarma yoqa va manjetlar: Yoqa qismi va yeng uchlaridagi manjetlar o‘z shaklini juda yaxshi saqlaydi. Tugmalari matoning rangiga va dizayniga moslab oq rangda tanlangan hamda mustahkam qadalgan.
- Oson parvarishlash:
- Mato ko‘p yuvilganda ham cho‘zilmaydi, rangi o‘chmaydi ва dazmollash juda oson.
Parvarishlash bo‘yicha tavsiya:
30°C-40°C haroratda, kir yuvish mashinasining oddiy yoki paxtali kiyimlar (Xlopok) rejimida yuvish tavsiya etiladi. Yozuv uzoq vaqt buzilmasligi uchun kiyimni teskari tomonidan dazmollang.