O‘g‘il bolalar uchun yengil, qulay va zamonaviy ikki tomonlama kurtka maktab, sayr va kundalik kiyish uchun juda mos tanlov. Kurtkaning kapishonli modeli bolaga qulaylik yaratadi va salqin yoki shamolli ob-havoda boshni qo‘shimcha himoya qilishga yordam beradi. Bir tomoni plashovka matodan tayyorlangan bo‘lib, kurtkaga zamonaviy va amaliy ko‘rinish beradi
Ushbu bolalar kurtkasining asosiy afzalligi uni ikki tomonlama kiyish mumkin. Ya’ni bir kurtka yordamida ikki xil ko‘rinish yaratish mumkin. Bu esa bolalar kiyimida ham qulaylik, ham amaliylikni qadrlaydigan ota-onalar uchun yaxshi yechimdir. Kurtkani maktabga borishda, ko‘chada sayr qilishda, bog‘ga, mehmonlikka yoki kundalik hayotda kiyish mumkin.
Yengil kurtka bo‘lgani uchun bahor va kuz mavsumida foydalanish uchun mos. Kapishonli dizayn, ikki tomonlama kiyilish imkoniyati va plashovka tomoni modelni yanada amaliy qiladi. O‘g‘il bolalar uchun kurtka qidirayotgan ota-onalar uchun kundalik garderobga mos universal variant.


