To‘plam 7–9 yoshdagi o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan. Komplekt tarkibiga kapyushonli kurtka, shim va oq rangli uzun yengli futbolka kiradi.
Kurtka old qismidan zamok bilan yopiladi. Model kapyushon bilan jihozlangan. Old tomonida ikkita fermuarli cho‘ntak mavjud. Yenglari va pastki qismi rezinkali manjet bilan ishlangan. Kapyushon qismidagi bog‘ichlar kiyimni qulay moslashtirish imkonini beradi.
Shim ham kundalik foydalanishga mos fason bilan ishlangan. Bel qismi rezinkali, pastki qismi esa rezinkali manjet bilan tugallangan. Shimning kengroq fasoni bolaga harakatlanishda qulaylik beradi.
Ushbu troyka kostyumni sayr qilish, kundalik kiyish, faol dam olish va bahor-kuz mavsumida foydalanish mumkin. Uch qismdan iborat bo‘lgani sababli kiyimlarni alohida-alohida ham kombinatsiya qilish mumkin.
Komplekt tarkibi:
1. 3 qismli komplekt — kurtka, shim va futbolk
