Yangi tug’ilgan va kichik yoshdagi o’g’il bolalar uchun mo’ljallangan, 100% tabiiy paxta muslin matosidan tikilgan qulay va sifatli kiyim to’plami. Muslin mato — g’ovak to’qilgan, yengil va nafas oluvchi material bo’lib, chaqaloq terisini shamollatib turadi, hidni va namlikni tez chiqarib yuboradi, allergik reaksiya keltirib chiqarmaydi.
To’plam tarkibi:
• Kapyushonli kurtkacha — old tomonda metall zamok (molniya), yengi va etagi yumshoq rezinka bilan bezatilgan, “Little Dinno” yozuvi va dinozavrcha naqshi bilan;
• Shimcha — beliga tugma bilan mahkamlanadigan rezinka o’rnatilgan, old tomonda ikkita amaliy cho’ntak, oyoq uchlari rezinka bilan yakunlangan;
• Uzun yengli futbolka — yumshoq trikotaj matodan, bo’yin qismi rezinkali, quyosh va bulutchalar chop bilan bezatilgan.
Kurtkacha va shim krem (oq-sarg’ish) rangda bo’lib, yashil rangdagi kichkina dinozavrchalar va “Little Dinno” yozuvi bilan bezatilgan. Futbolka esa toza oq rangda, ko’krak qismida quyosh va bulutlar tasviri bor — o’g’il bolalar uchun mos, quvnoq dizayn.
Afzalliklari:
• Tabiiy va gipoallergen material — chaqaloq terisiga xavfsiz;
• Yengil va nafas oluvchan — issiqda ham qulay;
• Rezinkali yeng va oyoqlar — kiyish-yechishga qulay;
• O’g’il bolalarga mos dinozavrli va quyoshli naqsh;
• 3 dona bir to’plamda — sovg’a yoki ro’dxonaga chiqish uchun ideal.

