O‘g‘il bolalar uchun zamonaviy va chiroyli klassik kiyim to‘plami. To‘plam oq rubashka, galstuk va shortikdan iborat bo‘lib, bolaga juda chiroyli va tartibli ko‘rinish beradi. Kiyim 100% paxta matodan tayyorlangan bo‘lib, yumshoq, yengil va havo o‘tkazuvchan. Shu sababli bola terisini bezovta qilmaydi va kun davomida qulaylik yaratadi.
Rubashkasi tugmachali fason bo‘lib, kiyish va yechish juda oson. Galstugi yechib olinadigan bo‘lib, istalgan paytda galstuksiz ham kiyish mumkin. Shortigi esa elastik bel qismi tufayli bolaga juda qulay o‘tiradi va erkin harakat qilish imkonini beradi.
Bu bolalar uchun klassik kostyum tug‘ilgan kun, bayram, mehmondorchilik, fotosessiya yoki kundalik kiyish uchun juda mos. Zamonaviy dizayni va sifatli materiali tufayli bolangiz yanada chiroyli va didli ko‘rinadi.
Afzalliklari:
• 100% paxta mato
• Yumshoq va havo o‘tkazuvchan
• Yechib olinadigan galstuk
• Qulay elastik shortik
• Zamonaviy va chiroyli dizayn

