Oʻgʻil bolalar uchun sport kostyumi: Svitshot va shim (Dinozavrli toʻplam)
Kuzgi va bahorgi sayrlar, bogʻcha hamda faol oʻyinlar uchun eng zamonaviy tanlov! Svitshot va jorger shimdan iborat ushbu qulay toʻplam bolajoningizga har qanday harakatda erkinlik beradi. Mexanik dinozavr rasmi va yorqin "ROAR!!" yozuvi oʻgʻil bolalarga juda yoqishi aniq.
Asosiy afzalliklari:
- Sifatli va qalin mato: Yumshoq material badanni issiq tutadi va havo oʻtkazadi.
- Qulay bichim: Svitshot va shimning manjetlari shamoldan himoya qiladi va kiyimning sirgʻalib ketishini oldini oladi.
- Yaxshi oʻtirishi: Shimning keng elastik rezinkasi qorinni siqmaydi, choʻntaklari esa mayda buyumlar uchun qulay.
- Chidamli print: Rasm matoga mustahkam oʻtirgan, koʻp yuvilganda ham yorilib ketmaydi.