📌 Kitob nomi: O'gay ona, Bir vijdon uyg'onur
📌 Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Chop etilgan yili: 2022
📌 Sahifalar soni: 192, 144
📌 Qisqacha mazmun:
Nega endi o'n sakkizga kirgan, husni odobi beqiyos go'zal bo'lgan qiz ko'plab sovchilar orasida xotini o'lgan ikki bolali erkakni tanlaydi va unga turmushga chiqdi? Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona " asarida mana shu haqida hikoya qilinadi. Butun oilsi, qarindosh-urug'i qizni bu qaroridan qaytarishga urinishadi. Nega aynan ikki bolali erkak. Balki yigitning katta boyligi bordir, balki qiz uni ko'rib yoqtirib qolgandir. Yo'q asl sabab boshqa...
“Qaynona”, “O‘gay ona” kabi romanlari bilan kitobxonlarimiz qalbidan joy olgan Ahmad Lutfiy Qozonjining ushbu romanida nur va soya kurashi, hakalak otgan nafsi ammora bilan sobit qanoat aro ziddiyat, quyunday bosib kelgan qabohat bilan nurday pokiza ezgulikning mohiyati yoritib berilgan.
Asarda gunohi azim o‘pqonga qulagan ota fojiasi, yo‘qchagina jismiga ulug‘ tog‘day sabr-toqatni jo eta olgan onaning iztiroblari, qalbi ko‘r ota bilan itoatgo‘y ona orasida sarson-sargardon bolaning ruhiy izlanishlari tasvirlangan.
Ushbu asar kitobxonda nurli, pokiza bir tuyg‘u uyg‘otadi. Kishi beixtiyor o‘ylab ketadi: buzilib ketayotgan dunyoni poklik, halollik, qanoat, mehr-oqibat asl o‘zanga solishi mumkin. Mazkur roman o‘z kitobxonini topishiga ishonamiz.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

