• 400 ml qulay purkagich flakoni
• OFF va ROAD sharoitlar uchun maxsus formulalar
• SPORT texnologiyasi bilan ishlab chiqilgan
• Suv, chang va balchiqqa chidamli
• Tezlikda jim va silliq harakatni ta’minlaydi
OFF ROAD va ROAD CHAIN LUBE SPORT — bu ikki xil foydalanish sharoitlariga mo‘ljallangan, lekin bir maqsadga xizmat qiluvchi yuqori sifatli zanjir moylaridir. Ikkalasi ham SPORT formulasida ishlab chiqilgan bo‘lib, zanjirni chang, suv, balchiq yoki yuqori aylanishda ham ishonchli himoya qiladi.
OFF ROAD versiyasi ekstremal sharoitlar – balchiqli yo‘llar, yomg‘irli ob-havo, to‘siqli yo‘llarda sinovdan o‘tgan. U zanjir yuzasida mustahkam qatlam hosil qilib, uning ichki bo‘g‘imlarini ham to‘liq qoplaydi. Shovqinni kamaytiradi, qotib qolishning oldini oladi va zanjirning xizmat muddatini ancha uzaytiradi.
ROAD versiyasi esa asfalt, shahar va trassa uchun mo‘ljallangan. U yuqori tezlikda harakat qilganda zanjirni jim va toza saqlaydi. Maxsus tarkibi tufayli changni o‘ziga tortmaydi, ortiqcha yog‘ qolmaydi. Juda yengil, ammo samarali qatlam hosil qilib, uzluksiz ishlashni ta’minlaydi.
400 ml li flakonlar purkash uchun qulay, kerakli miqdorda chiqadi va ortiqcha chiqindisiz ta’sir qiladi. Bu smazkalar nafaqat mototsikllar, balki sport velosipedlari uchun ham mos.
Agar siz ekstremal yo‘llarda qatnashsangiz yoki shaharda yuqori tezlikda harakat qilsangiz — OFF/ROAD CHAIN LUBE SPORT mahsulotlari ishonchli hamroh bo‘ladi.

