Odisseya
Troyadan uyga qaytish yo‘lida ko‘plab ajoyib va xavfli sarguzashtlarni boshidan kechirgan ayyor va qo‘rqmas Odissey hamda uning vafodor, go‘zal va irodali rafiqasi Penelopa haqidagi voqea barchaga ma’lum – qonxo‘r sikloplar va yoqimli ovozli sirenalar, dozo‘r sehrgar Sirseya va sirli lotofaglar…
Jahon adabiyotining hech bir asari Gomerning “Odisseya”sichalik ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lmagan va shuncha ko‘p ilmiy nazariyalarga asos bo‘lmagan.
Tadqiqotchilarni shunchalar hayratga solgan “Odisseya”dagi “ayollar nigohi” qayerdan paydo bo‘lgan? Gomer “dengiz xalqi” – feaklar timsolida Mino Kriti aholisini yashirganmi, agar shunday bo‘lsa – u ular haqida qayerdan bilgan? Bular Gomerning ushbu sirli shohasari kitobxonlari va izlanuvchilari hali javob topishi kerak bo‘lgan savollarning bir qismi, xolos…

