Kitob haqida
Irlandiyalik yozuvchi Salli Runining "Oddiy odamlar" muhabbat qissasi - ikkinchi kitobi bo‘lib, u darhol jahon bestselleriga aylandi. Syujet markazida ikki yosh - Konnell va Marianna o‘rtasidagi murakkab munosabatlar turadi. Ular ikkalasi ham Sligo okrugidagi bir xil o‘rta maktabda, so‘ngra Dublindagi mashhur Trinity kollejida tahsil olishgan.
Konnell nihoyatda mashhur, kelishgan, zukko va har jihatdan a’lochi o‘quvchi. Marianna esa uning mutlaqo aksi: ko‘zga tashlanmaydigan, kamtarin va... g‘alati ko‘rinadi. Agar Konnellning onasi Mariannaning uyida xizmatchi bo‘lib ishlamaganida, ular hech qachon bir-birlari bilan gaplashmagan bo‘lardilar. Bir kuni Konnell onasini ishdan kutib olish uchun kelganida, kutilmaganda... Marianna bilan do‘stlashib qoldi. Ammo yigit qo‘rqoqlik va uyat tufayli bu do‘stlikni maktabdagi do‘stlaridan sir tutishga qaror qildi, bu esa ta’sirchan qizni ranjitmay qolmadi.
Bir yildan so‘ng Marianna va Konnell yana uchrashib qolishdi - endi ular Trinity kollejining talabalari edi. Ammo kuchlar muvozanati o‘zgardi: Marianna gullab-yashnadi, mashhur va ochiqko‘ngil bo‘lib qoldi, Konnell esa yangi joyda o‘z o‘rnini topa olmayapti. U Marianni sevib qolganini ham tushunib yetgan...

