Aqlli insonlar ham oddiy odamlar — xato qilish esa inson tabiatiga xos holat. Hayotingiz davomida ushbu kitobda tasvirlangan ahmoqona xatolardan hech bo‘lmaganda bittasiga yo‘l qo‘yganingiz aniq. Katta ehtimol bilan, siz ularning bir nechtasini sodir etgansiz va oqibatlarini shunchaki «yomon qismat» deb bilib, o‘sha eski odatlaringizda davom etib kelayotgandirsiz.
Buning sababchisi nima? O‘nta salbiy fikrlash tarzi. Aynan shu narsalar bizni doimo muammolarga duchor qiladi hamda boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarimizda cheksiz murakkabliklar, muammolar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Samarasiz o‘z-o‘zini tahlil qilish to‘ridan qanday qutulish mumkin? Depressiya girdobidan qanday chiqib ketish mumkin? Chiqish yo‘li yo‘q vaziyatlardan qochishni qanday o‘rganish mumkin?

