• Kub shaklidagi avtomat mexanizm
• suv o'tkazmaydigan mato
• chivin ximoyasi
Piknic Uzbekistan brendidan EMT-01 modelli avtomat Kub shatyor-palatkasi - tabiat qo‘ynida shinam dam olish uchun eng qulay yechimlardan biridir. Ushbu modelning o‘ziga xosligi uning Kub shaklidagi konstruksiyasida bo‘lib, tik devorlar ichki maydondan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi va ichkarida bemalol tik turib harakatlanishga sharoit yaratadi. Avtomat mexanizmi tufayli shatyorni o‘rnatish va yig‘ish bir necha daqiqa vaqt oladi xolos. Mahsulot sifatli va suv o‘tkazmaydigan Oksford matosidan tayyorlangan bo‘lib, shamol va yomg‘irdan to‘liq himoya qiladi. Shatyor beshta keng panorama oynasi va bitta eshik bilan jihozlangan bo‘lib, ularning barchasida chivinlardan himoya qiluvchi to‘rlar mavjud. Bu esa issiq kunlarda havoning a’lo darajada aylanishini ta’minlaydi.

