• Materiali: Nabuk (yumshoq va yoqimli tuzilma) Dizayn: Zamonaviy va premium ko‘rinish Mosligi: Orqa qismi sozlanadi
Ushbu nabukli kepka / bezbolka yumshoq va sifatli nabuk materialdan tayyorlangan bo‘lib, boshda juda qulay va chiroyli turadi. Materiali mayin, terini bezovta qilmaydi va kundalik foydalanish uchun juda mos.
Kepka 54, 56 va 57 bosh razmerlariga yaxshi tushadi, shaklini saqlab turadi va uzoq vaqt taqilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Dizayni zamonaviy bo‘lib, kundalik, casual va sport uslubidagi kiyimlar bilan oson moslashadi.
Yuvib kiyish mumkin — bu kepka parvarishga chidamli. Yuvilgandan keyin qo‘l bilan siqmaslik tavsiya etiladi. Agar imkon bo‘lsa, kepkani oddiy uyda ishlatiladigan banka yoki idishga kiydirib quritsangiz, u o‘z shaklini yo‘qotmaydi va yana chiroyli holatda qoladi.
Bu kepkani olib kiyib yursangiz, baraka topasiz — qulayligi, sifati va ko‘rinishi bilan kundalik hayotingizda ishonchli hamroh bo‘ladi. To‘g‘ri parvarish qilinganda uzoq muddat xizmat qiladi va tashqi ko‘rinishini saqlab qoladi.

