• Batareya: 1050 mA/soat
• Ekran diagonali: 2.4"
• Aloqa standarti: 2G (GSM 850/900/1800/1900)
• SIM kartalar soni: 2
• Qo'shimcha funktsiyalar: Chiroq, FM radio
• Bluetooth: Ha
• Ulagich: Micro USB
Novey X50 — ortiqcha funksiyalarsiz klassik knopkali telefon: yupqa va yengil metall korpus (126,4 × 53 × 9,5 mm) cho'ntakka qulay joylashadi va qo'lda deyarli sezilmaydi. Faqat qo'ng'iroq va SMS uchun sodda telefon kerak bo'lganlar uchun yaxshi tanlov — ikkinchi telefon, ish raqami yoki smartfon buzilganda zaxira sifatida.
Bu modelda kamera yo'q — ortiqcha ilova va ijtimoiy tarmoqlarsiz, faqat asosiy funksiyalar. 2.4" (240x320) ekran yirik va qulay, klaviatura tugmalari odatdagi o'lchamda, oddiy telefonlardan foydalangan har kim uchun tanish.
2 ta SIM-karta qo'llab-quvvatlanishi (GSM 850/900/1800/1900MHz) ish va shaxsiy raqamni bitta korpusda saqlash imkonini beradi. Alohida SOS tugmasi, qo'ng'iroq yozib olish, parvoz rejimi, suhbatda sifatli va tiniq ovoz hamda o'rnatilgan 2048 o'yini mavjud.
Xotira — 32MB RAM/32MB ROM, 32GB gacha xotira kartasi qo'llab-quvvatlanadi. Batareya — 1050 mAh.
Mavjud ranglar: qora, kulrang, kumush va pushti — kayfiyatga mos tanlash yoki sovga qilish uchun.
O'ram tarkibi: telefon, batareya, quvvatlagich, qo'llanma, kafolat daftarchasi, flayer, kupon.
Rasmiy kafolat — 1 yil.



