“Novda ortidagi go’zallik” – qo’lda bezatilgan yog’och quti
Bu quti o’zbek milliy naqsh san’ati an’analari asosida yaratilgan. Qopqog’idagi kompozitsiya novdalar orasidan o’sib chiqqan qizil anorlarni tasvirlaydi. Anor Sharqda farovonlik, baraka va oila birligi ramzi hisoblanadi.
Naqsh to’q ko’k, yashil va oltin ranglar uyg’unligida ishlangan, anorlar esa yorqin qizil rangda ajralib turadi. Quti chetlari nuqtali bezak bilan hoshiyalangan, yuzasi yaltiroq qoplamaga ega.
Nomi ham bejiz tanlanmagan: qopqoqdagi go’zallik ko’zni quvontirsa, uning ortida, qutining ichida esa siz uchun qadrli narsa saqlanadi.
Xususiyatlari:
Qo’llanilishi:

