Toʻliq tasnif:
Nova Antisol 4 eshikli kiyim shkafi — zamonaviy dizayn, qulay ichki tuzilish va katta sigʻimni oʻzida mujassam etgan garderob shkafi. Kiyim-kechak, poyabzal, choyshab hamda boshqa buyumlarni tartibli saqlash uchun moʻljallangan.
Shkaf oynali eshiklar, tortmalar, keng javonlar va ilgakli kiyimlar uchun maxsus osma bo‘lim bilan jihozlangan. Ichki tuzilishi buyumlarni qulay joylashtirish va xonadagi tartibni saqlashga yordam beradi.
Mahsulot sifatli laminatlangan LDP (LDSP) materialidan tayyorlangan bo‘lib, mustahkam, namlikka chidamli va kundalik foydalanish uchun qulay. Zamonaviy ko‘rinishi tufayli yotoqxona, kiyinish xonasi yoki boshqa yashash xonalarining interyeriga mos tushadi.
Afzalliklari:
4 eshikli zamonaviy dizayn;
Oynali eshiklar;
Keng javon va polkalar;
Qulay tortmalar;
Ilgakli kiyimlar uchun osma bo‘lim;
Mustahkam laminatlangan LDP (LDSP) materiali;
Katta saqlash hajmi;
Uy sharoitida uzoq muddat foydalanish uchun mos.

