Mac’ga birinchi qarashda muhabbat.
MacBook Neo bilan tanishing — kutilmagan darajada maqbul narxda ajoyib Mac. Mustahkam dizayni, chiroyli ranglari va kuchli imkoniyatlari bilan u har kuni Mac’ni sevib qolishning yangi, sehrli usulidir.
Ranglar. Eng rang-barang MacBook qatori. Rangiga mos klaviaturalari bilan to‘rtta ajoyib rangdan birini tanlang.

Mustahkam dizayn. MacBook Neo qayta ishlangan alyuminiydan tayyorlangan mustahkam korpusga ega bo‘lib, umumiy og‘irligining 60% qismi qayta ishlangan materiallardan iborat — bu Apple mahsulotlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
Touch ID. Touch ID mavjud model orqali MacBook Neo’ni oson ochish, veb-saytlar va ilovalarga kirish hamda ilovalarni barmog‘ingiz tegishi bilan yuklab olish mumkin.
Kamera. 1080p FaceTime HD kamera video qo‘ng‘iroqlarda sizni aniq va tiniq ko‘rsatadi.

