Nothing CMF Buds 2 — kundalik foydalanish uchun yaratilgan zamonaviy va qulay simsiz quloqchin. Qurilma 48 dB Hybrid ANC texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, tashqi shovqinlarni samarali kamaytiradi va musiqadan to‘liq zavqlanish imkonini beradi.
Naushnikda 11 mm PMI dinamik driver mavjud bo‘lib, kuchli bass va balanslangan ovozni ta’minlaydi. Dirac audio sozlamalari yordamida ovoz yanada tiniq va sifatli eshitiladi.
Qurilmada 6 ta mikrofon mavjud bo‘lib, qo‘ng‘iroqlar vaqtida ovozni aniq uzatadi va shovqinlarni kamaytiradi.
Batareya samaradorligi yuqori — кейс bilan birga 55 soatgacha ishlaydi, bu esa uzoq vaqt davomida foydalanish imkonini beradi.
Bluetooth 5.4 texnologiyasi tez va barqaror ulanishni ta’minlaydi. IP55 himoya darajasi esa qurilmani suv tomchilari va changdan himoya qiladi.

