Tormoz diski avtomobil tormoz tizimining asosiy elementi bo‘lib, g‘ildirak gupchagiga mahkamlangan metall diskdan iborat. Haydovchi tormoz pedalini bosganda tormoz kolodkalari diskka ikki tomondan bosiladi. Bunda hosil bo‘lgan ishqalanish aylanayotgan g‘ildirakning kinetik energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiradi, natijada avtomobil sekinlashadi va to‘xtaydi.

