Nino Nana brendining ekologik yondashuvi qat’iy xalqaro standartlarga muvofiqligi tasdiqlangan. Xlor, xushbo‘ylantirgichlar, losyonlar, parabenlar, ftalatlar va og‘ir metallarsiz tushunarli tarkib eng ta’sirchan teriga ham mos keladi. Nam iqlim sharoitida yaratilgan, o‘ta tez shimuvchi Nino Nana eko-tagliklari va trusiklari oqib ketishdan himoyalash uchun anatomik Q-shaklga ega. Tagliklarning havo o‘tkazuvchan yuqori qatlami chaqaloq terisida ta’sirlanish yuzaga kelishining oldini oladi. Nino Nana — dunyodagi eng nozik terilar uchun, mitti do‘stimizga mustahkam uyqu va beg‘ubor o‘yinlar tilab!

