Har yili aprel oyida, havodan dengiz va siren gullarining hidi anqib turgan paytda, Landon Karter Bofort o‘rta maktabidagi so‘nggi yili — 1958-yilni yodga oladi. Landon ilgari bir-ikki qiz bilan uchrashib yurgan, hatto bir marta chin dildan sevib qolganiga ham qasam ichgan edi. Ammo u ko‘ngil qo‘yishni xayoliga ham keltirmagan inson — bu shahardagi baptistlar ruhoniysining uyatchan, go‘yo shu dunyoga begona, farishtasifat qizi Jeymi edi... Aynan Jeymi unga inson qalbining tub-tubini, shuningdek, hayotning quvonch va iztiroblarini anglatishi kerak edi.

