Kitob haqida:
Nikkolo Makiavellining eng mashhur asari "Hukmdor" risolasi hisoblanadi. Aynan shu asar 1559 yilda katolik cherkovi tomonidan taqiqlangan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgan, chunki Makiavelli cherkov axloqidan xoli bo‘lgan izchil dunyoviy davlat haqidagi ta’limotni yaratgan edi. Uning fikricha, davlatni mustahkamlash uchun kurashda har qanday vositalardan foydalanish mumkin: zo‘ravonlik, aldov, xoinlik. Makiavelli o‘z risolasida nafaqat davlatni boshqarish, balki boshqa mamlakatlarni zabt etish, qo‘shinni boshqarish va qo‘shinlarni ta’minlash usullarini ham o‘rgatadi.
Kitobga italiyalik faylasufning "Harbiy san’at to‘g‘risida"gi boshqa asari ham kiritilgan bo‘lib, unda birinchi marta umumiy harbiy majburiyat g‘oyasi ilgari suriladi.

