Nike ayollar oversayz sport kostyumi (dvoyka) – Stil, qulaylik va trend bitta toʻplamda!
Zamonaviy va qulay kiyinishni xush koʻruvchi ayol va qizlar uchun ideal tanlov.
Ushbu sport toʻplami zamonaviy oversayz (oversize) bichimda tikilgan boʻlib, harakatlaringizga mutlaqo xalaqit bermaydi va qomatda juda bejirim duradi.
Toʻplam tarkibi:
- Yuqori qismi: Zamokli (molniya) va kapushonli kofta (hudi). Yeng qismlari qulay rezinka bilan tugallangan.
- Pastki qismi: Bel qismi rezinkali va shnurli keng shim (shtany). Shim etaklarida maxsus fiksator-rezinkalar bor — xohishga qarab keng uslubda yoki pastini yigʻib (djobber koʻrinishida) kiyish mumkin.
Afzalliklari:
- Sifatli mato: Yumshoq, tanaga yoqimli va havo oʻtkazuvchi mato kiyganda maksimal darajada qulaylik beradi.
- Koʻp qirrali uslub: Har kungi sayrlar, sport, yoʻlga chiqish, oʻqish yoki shunchaki uyda qulay yurish uchun juda mos keladi.
- Har bir detal oʻylangan: Hudi va shim bir-biri bilan ham, boshqa kiyimlar bilan alohida ham mukammal kombinatsiya boʻladi.