Chevrolet Nexia 3 uchun tuning faralar original zavod farasi asosida tayyorlangan. Faraga kuchli Bi-LED Zimmer R80 Max 80W moduli va zamonaviy RGB Angel Eyes maskasi o‘rnatilgan.
Ushbu fara kuchli yoritish, zamonaviy ko‘rinish va dekorativ yoritishni birlashtiradi. Bi-LED Zimmer R80 Max 80W yo‘lni yorqin va aniq yoritadi, RGB yoritish esa avtomobilga chiroyli va o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
RGB maskada 260 ta funksiya va yorug‘lik effektlari mavjud. Rang va yoritish rejimlarini smartfon ilovasi orqali boshqarish mumkin. Turli ranglar va effektlar mavjud.
Fara original Nexia 3 farasi asosida tayyorlangani sababli korpus shakli saqlanadi va avtomobilning shtat joylariga mos tushadi.
Mahsulotga 1 yil kafolat beriladi.

