New HSK Course 1 — xitoy tilini noldan o‘rganishni boshlayotganlar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma. Ushbu to‘plam asosiy darslik va mashqlar daftaridan iborat bo‘lib, o‘quvchilarga xitoy tilining boshlang‘ich darajasidagi bilimlarini bosqichma-bosqich egallashga yordam beradi.
Darslik orqali o‘quvchilar xitoy ierogliflari, pinyin, talaffuz, kundalik so‘zlar va sodda grammatik tuzilmalar bilan tanishadilar. Dialoglar va amaliy topshiriqlar yordamida kundalik vaziyatlarda xitoy tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
To‘plamdagi Workbook mashqlar daftari o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash, yangi so‘zlarni eslab qolish, yozish va til ko‘nikmalarini mashq qilish uchun xizmat qiladi.

