"Nestlé mahsulotlari qatoridagi yangilik — «Olma» bolalar pyuresi. Nestlé olma pyuresi pishgan mevalardan tayyorlangan mazali, foydali va 100% tabiiy mahsulotdir. U kraxmal va shakar qo‘shilmagan holda tayyorlangan, tarkibida sun’iy bo‘yoqlar, xushbo‘y beruvchilar va konservantlar mavjud emas. Faqat olma va boshqa hech narsa — aynan siz yoqtirgandek!
Mevali qo‘shimcha ovqatni boshlash uchun mos
100% meva
Shakar qo‘shilmagan
Saqlash shartlari: 0 dan 25 ⁰С gacha bo‘lgan haroratda va nisbiy namlik 75% dan oshmagan sharoitda saqlang. Ochilgan qadoqni muzlatkichda 0 dan 6 ⁰С gacha bo‘lgan haroratda bir sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlang.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hayotning dastlabki 6 oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya qiladi. Bolaga qo‘shimcha ovqatni qachon kiritish haqida mutaxassis bilan maslahatlashing. Qo‘shimcha ovqat kiritilgandan so‘ng, emizishni imkon qadar uzoq davom ettirish kerak. Nestlé kompaniyasi ushbu tavsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Nestlé «Olma» bolalar mevali pyuresi RF qonunchiligiga muvofiq 4 oylikdan boshlab bolalar uchun mo‘ljallangan."
«Olma va banan» bolalar pyuresi mayin konsistensiyaga ega bo‘lib, qo‘shimcha ovqatlantirishni davom ettirish uchun juda mos keladi. Agar chaqalog‘ingiz allaqachon 100% olmadan tayyorlangan pyureni tatib ko‘rgan bo‘lsa, endi uning ratsionini xilma-xil qilish va unga biroz tropik ekzotika qo‘shish vaqti keldi. Faqat foydali masalliqlar va ortiqcha hech narsa yo‘q — 6 oylikdan katta bola uchun ajoyib mevali desertning retsepti aynan shunday!
"Nestle assortimentidagi yangilik — «Olma-Banan-Malina» bolalar pyuresini tatib ko‘ring.
Olma, banan va malinaning noodatiy uyg‘unligi chaqaloqni yangi ta’mlar bilan tanishtirish uchun juda mos keladi.
100% mevalar
Shakar qo‘shilmagan*
Nestle kompaniyasi JSSTning dastlabki 6 oy davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish, keyinchalik esa ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirgan holda qo‘shimcha ovqatlarni kiritish haqidagi tavsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mutaxassis bilan maslahatlashish talab etiladi. Go‘dak uchun eng ideal oziq-ovqat — ona suti. Qo‘shimcha ovqat kiritilgandan so‘ng ham ko‘krak suti bilan oziqlantirishni imkon qadar uzoq davom ettiring.
"Bolajonlar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi ota-onalarni yangi mahsulotlar bilan xursand qilishda davom etamiz! Nestlé® kompaniyasining «Olma va qulupnay» bolalar pyuresini qarshi oling — yumshoq qadoqdagi pishgan meva va rezavorlarning nihoyatda mayin uyg‘unligi. Juda qulay, foydali va, albatta, nihoyatda mazali!
«Olma va qulupnay» bolalar pyuresi — qo‘shimcha ovqatlantirishni davom ettirish uchun mo‘ljallangan Nestlé® mahsulotlari kolleksiyasidagi yangilik. U yengil tamaddi yoki to‘yimli ovqatdan so‘ng ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi — kuch-quvvat yetib keldi!
• Qo‘shimcha ovqatlantirishni davom ettirish uchun juda mos
• 6 oylik bolalarning ovqatlanish ko‘nikmalariga mos keladigan mayin konsistensiya
• Faqat meva va rezavorlar — sun’iy bo‘yoqlar, konservantlar, xushbo‘ylashtiruvchilar va GMOlarsiz
• Shakar qo‘shilmagan
• Qulay yumshoq qadoq
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hayotning dastlabki 6 oyida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya qiladi. Bolaga qo‘shimcha ovqatni qachon kiritish kerakligi haqida mutaxassis bilan maslahatlashing. Qo‘shimcha ovqat kiritilgandan so‘ng, ko‘krak suti bilan oziqlantirishni imkon qadar uzoq davom ettirish kerak. Nestlé® kompaniyasi ushbu tavsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Nestlé® «Olma va qulupnay» bolalar mevali pyuresi 6 oylikdan boshlab bolalar uchun, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq."
"Nestle assortimentidagi yangilik — «Olma va chernika» bolalar pyuresini tatib ko‘ring.
Ikki mevaning tabiiy xususiyatlari bitta retseptda uyg‘unlashib, chaqalog‘ingizga tabiiy va foydali lazzat ulashadi.
Chaqaloqni yangi ta’mlar bilan tanishtirish uchun yaxshi tanlov.
100% mevalar
Shakar qo‘shilmagan*
Nestle kompaniyasi JSSTning dastlabki 6 oy davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish, keyinchalik esa ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirgan holda qo‘shimcha ovqatlarni kiritish haqidagi tavsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mutaxassis bilan maslahatlashish talab etiladi. Go‘dak uchun eng ideal oziq-ovqat — ona suti. Qo‘shimcha ovqat kiritilgandan so‘ng ham ko‘krak suti bilan oziqlantirishni imkon qadar uzoq davom ettiring.
*Tabiiy (natural) kelib chiqishga ega shakarlarni o‘z ichiga oladi."

