Yaqin-yaqingacha ilm-fan uyqu mexanizmlari, uning foydali ta’sirining xilma-xilligi va surunkali uyqusizlik oqibatlarining salomatlik uchun qanchalik zararli ekanligi haqida to‘liq tasavvurga ega emas edi. Taniqli nevrolog va olim Metyu Uoker uyqu fenomeni bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlar ma’lumotlarini umumlashtiradi va hayotimizning eng muhim jihatlaridan biri bilan bog‘liq mavzularda suhbatga chorlaydi.
"Uyqu - bu har kuni miya va tana faoliyatini tartibga solish uchun qila oladigan yagona va eng samarali harakatdir. Bu ona tabiatning o‘limga qarshi kurashdagi eng yaxshi qurolidir. Afsuski, uyqusizlik oqibatida inson va jamiyat duch keladigan barcha xavf-xatarlarni tushuntirib beradigan haqiqiy dalillar hozirgacha odamlarga to‘liq yetkazilmagan. Bu bugungi sog‘liq haqidagi suhbatlarda eng qo‘pol xato hisoblanadi. Mening kitobim aynan shu kamchilikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, u o‘quvchi uchun kashfiyotlarga boy qiziqarli sayohatga aylanishiga umid qilaman. Bundan tashqari, kitob uyquni baholashni qayta ko‘rib chiqish va unga nisbatan bepisand munosabatni o‘zgartirishga qaratilgan." (Metyu Uoker)

