Iqtisodiyot dunyoni tushuntirib beradi. Masalan, ushbu kitobni qo‘lingizda tutib turganingizning o‘ziyoq sizni o‘ziga xos mavqega ega qiladi. Dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlar uchun kitobga pul sarflash va uni o‘qiy olish imkoniyati xuddi Oyga sayohat qilishdek amalga oshishi qiyin ishdek tuyulishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun ayrim mamlakatlar o‘z farzandlarini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan binolar, kitoblar va o‘qituvchilarni ta’minlashga qodir-u, boshqalar buning uddasidan chiqa olmaydi? "Iqtisodiyot" so‘zi quloqqa biroz quruq yoki zerikarli tuyulishi mumkin, ammo aslida u aynan shunday savollarning tub mohiyatini anglashga qaratilgandir.

