• Kimga mos: Erkaklar uchun (unisex),
• Nota: Hashish, oud, tutun, qahva, yog‘och notalari, qatron, qora mushk.
• Hid: Qalin, qorong‘u va g‘ayrioddiy. Dastlab tutunli va achchiq notalar bilan boshlanadi, keyin asta-sekin iliq, chuqur oud va qahva notalari ochiladi. Hid tanaga singgach, qora mushkning jozibasi sezilib, o‘ziga xos “magnetik” energiya beradi.
• Shleif: Juda kuchli va o‘ta uzoq davom etadi — kun bo‘yi tanadan chiqmaydi. Atrofdagilarni o‘ziga tortuvchi, esdan chiqmaydigan hid izi qoldiradi.
• Mavsum: Kuz va qish uchun mukammal.
• Kimlar sepadi: Oddiy emas, o‘z dunyosiga ega, qoidalar bilan yashamaydigan, kuchni va erkinlikni qadrlaydigan insonlar
• Qanday joylarga sepiladi: Kechki tadbirlar, yopiq joylar, sokin uchrashuvlar, maxsus holatlar. Ofis yoki kundalik hayot uchun emas — bu atir statement.
• Harakter: Qorong‘ulik, kuch, ehtiros va sir. U jim turib ham gapiradi. U sizni ifoda etadi — yovvoyi, jiddiy va ozgina xavfli.

