Hammasi o‘z o‘rnida ketayotgan bir vaqtda boshingizga shunday bir tashvish tushadiki “Yondim!”, “Kuydim!” deb yiqilasiz.
Aynan o‘sha on, ichingizdagi yaxshiliklar bilan ulg‘ayayotgan bola chiqib keladi va eshigingizni qoqadi. “Tur!” deydi, "O‘rningdan tur!"
Qo‘lingizdan tutib, zulmatni yengib o‘tadi va sizni yaxshi kunlarga eltadi.
Yaxshilik qo‘rquv nimaligini bilmaydi. Oydinlik hech qorong‘ilikdan qo‘rqqanmi? Yomon kunlar bilan yuzlashganingizda avval Allohga, keyin ichingizdagi yaxshi niyatdan boshqa hech kimga muhtoj bo'lmang!
Niyatlaringiz naqadar yaxshi bo‘lsa, Alloh shu qadar sizga yaqindir.
Nasibangiz esa niyatingizda yashirin ... Bor yo‘g‘ingizni qo‘lingizdan tortib olsa ham, aylanib o‘rgilib sizga haqqingizni qaytarib beradi! Aslo ro‘yobga chiqmaydi demang! Chiqadi!
Unutmang, Alloh gar xohlasa hatto qushlar ham fillarni yengadi azizim.
"O'lmasdan oldin o'lish" fikrini qabul qilgan, o'z joniga qasd qilgan va o'ttiz yildan buyon qamoqxonada yashab kelgan bir ayol ...
Hasrat Qurtilish; giyohvand moddalarga berilgan, erini o'ldirishda ayblangan va hayotdan allaqachon voz kechgan bir ayoldir. Yana bir bora joniga qasd qilish urinishidan so'ng, psixolog muolajasini boshlaydi. Bu safar psixolog boshqacha edi. Birinchi marotaba qamoqxonada bir bemorni davolayotgan Psixolog Efe Toshchi, Hasratning hayot hikoyasini eshitganidan keyin unga yordam berishga qaror qiladi. Bu yordam yoʻlida qayg'u va umidning bir biriga ta'sir qilgan hikoyasi boshlanadi.

