O‘zgarishlar ko‘p kuch talab qiladi, deb kim aytdi? Agar siz, ko‘pchilik kabi, bunday afsonaga ishonib qolgan bo‘lsangiz va shu sababli ko‘p marta ishni yarim yo‘lda tashlab ketgan bo‘lsangiz, sizni xursand qilishga shoshilamiz. Siz aybdor emassiz, bu shunchaki yondashuvdagi xato, shaxsiy kamchilik emas.
Ikki soatlik mashg‘ulotdan emas, kuniga ikki marta qo‘lni yozishdan boshlang; yoki har kuni ertalab besh marta chuqur nafas oling, bir soat lotus holatida o‘tirishga urinmang. Ishonmaysiz, ammo mitti harakatlar mo‘jizalar yaratishga qodir!
Doktor BJ Fogg, odatlarni shakllantirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mutaxassis, ozish, stressdan xalos bo‘lish, yaxshiroq uxlash yoki boshqa maqsadlarga erishish uchun ko‘p yillik tajribasini to‘plagan.

