Dr Berg Nano
Polimer asosidagi mahsulot, tunnel, portal, robotlashtirilgan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish avtoyuvish shoxobchalari uchun mos keladi. Yuqori suv qaytarish xususiyatiga ega bo‘lib, avtomobilni ishlov berilgandan so‘ng deyarli quruq holda qoldiradi. Zamonaviy komponentlar tufayli sirtga chuqur rang va yuqori darajadagi yaltiroqlik beradi. Lak-bo‘yoq qoplamasi antistatik xususiyatlarga ega bo‘lib, uzoqroq vaqt davomida toza saqlanadi.
Tarkibi: Suv, kationli PAV, polimerlar, kislota.
Suv bilan aralashtirish nisbati:
1:070 – 1:100 – spreyer orqali qo‘llash
1:07 – 1:10 – penokomplekt, PROMAX dozalagich
Avtomatik tizimlarda suyultirish uskunaning turiga bog‘liq, 1 ta avtomobil uchun sarf 15–30 ml.
Qo‘llanishi: Suv bilan suyultirilgandan so‘ng toza ho‘l yuzaga surtiladi. So‘ngra eritma qoldiqlari past bosim ostida yuvib tashlanadi va mikrofibra sochiq bilan artib quritiladi yoki turbokuritgich yordamida quritiladi. Tarkibning yuzada qurib qolishiga yo‘l qo‘ymang! Suyultirilgan holatda saqlamang!
Ehtiyot choralar: Ko‘zga yoki teriga tegib qolsa – ko‘p miqdorda suv bilan yuving. Zarurat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling. Xavfsizlik texnikasiga rioya qiling – qo‘lqop va himoya kremi ishlating.
Saqlash sharoiti: +5 °C dan +25 °C gacha bo‘lgan haroratda saqlang. Quyosh nurlaridan himoya qiling.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.

