Qo‘lingizda ushlab turgan bu kitobning o‘ziga xosligi shundaki, u tahorat, namoz o‘qish tartibi va ularning fazilati, shuningdek, nafl namozlari va ularning hanafiy mazhabiga asoslangan dalillari bilan to‘ldirilgan. Shu bilan birga, endigina namoz o‘qishni boshlagan azizlarimiz uchun namoz o‘qish tartibi suratlar bilan berilgan. Qur'onni asl arab tilida o'qishni bilmaganlar uchun suralarning arabcha matni ostida amaldagi yozuvdagi tabdiliy ilova qilingan.

