• Teshikli
• Teshiksiz
Silikon paypoqlar - yorilgan poshnalar uchun yurish paytida tovondagi noqulaylikni yengillashtiradigan qulay vositadir. Silikon paypoqlar tovon terisini namlaydi va yoshartiradi, tovondagi mayda yoriqlarni tezroq tuzalishiga yordam beradi, terining qurishini oldini oladi va terini yoriqlardan himoya qiladi. Agar yorilgan tovonibgiz butun oyog'ingiz bilan qadam tashlashingizga to'sqinlik qilsa, silikon paypoq sizga albatta yordam beradi. Silikon paypoq kiygan holda, qadam tashlash ancha osonlashadi, og'riq sezilarli darajada kamayadi, chunki bosim bir tekis taqsimlanadi va og'riqli yoriqlarga to'planmaydi.

Silikon paypoqlar tibbiy silikondan tayyorlangan bo'lib, tovon terisini yumshatuvchi, terini oqartiruvchi va namlik bilan to'yingan maxsus mineral moylar bilan singdirilgan. Natijada teri yumshoqlashadi va namlanadi, bu esa yorilgan quruq poshnalarning tez tiklanishiga yordam beradi va muntazam foydalanish bilan siz teringizning doimiy namlanishi va yumshashini taminlaysiz, teringizning himoya va tiklovchi xususiyatlarini mustahkamlaysiz. Sizning to'pig'ingiz yorilishlardan va og'riqlardan bezovta bo'lmaydi.

Silikon paypoqlarni qanday ishlatish kerak?
Paypoqlar kechasi ham kunduzi ham ishlatilishi mumkin. Paypoqlarni qo'llaganingizdan so'ng, oyoqlaringizga sevimli kremingizni surtish tavsiya etiladi.
Silikon paypoqlarni to'g'ri parvarishlash:
Tibbiy silikon har kuni 30° gacha bo'lgan haroratda yumshoq sovunli eritmada yuvilishi kerak, keyin yumshoq mato bilan artib, xona haroratida quyosh nuri va isitish moslamalaridan uzoqda quritilishi kerak.

Paypoqning o'lchami universal.
Silikon qalinligi - 3 mm.

