NAIDU Elegant Premium ayollar qo‘l soati nafislik va zamonaviy uslubni o‘zida mujassam etgan model hisoblanadi. Oval shakldagi korpusi va minimalistik siferblati har qanday kiyinish uslubiga mos tushadi.
Soat yuqori sifatli mineral shisha bilan jihozlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda mayda tirnalishlardan yaxshi himoya qiladi. Shaffof oynasi vaqtni har qanday yorug‘likda aniq ko‘rishga yordam beradi.
Modelning mustahkam metall remishogi qo‘lda qulay turadi, uzoq muddat xizmat qiladi va o‘zining jozibali ko‘rinishini saqlab qoladi. Elastik konstruksiya taqish va yechishni osonlashtiradi.
Minimalistik siferblat, Rim raqamlari va nafis ko‘rsatkichlar soatga klassik premium ko‘rinish bag‘ishlaydi. Ish, o‘qish, uchrashuv, sayr yoki tantanali tadbirlar uchun birdek mos keladi.

