Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Savdo belgisi: Bio Rezistin®
Chiqarilish shakli: 30 ml suyuqlik, mahsulot “Halol” sertifikatiga ega.
Bio Rezistin® tarkibi: 10 ml suyuqlik tarkibidagi faol modda: Pelargonium sidoides ildizi ekstrakti - 400 mg.
Yordamchi moddalar: Natriy benzoat, 85% li glitserin, distillangan suv.
Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Ozıq-ovqat qo‘shimchasi. Bio Rezistin® organizm uchun muhim bo‘lgan muvozanatli miqdordagi biologik faol moddalarning qo‘shimcha manbai bo‘lib, ishtahani yaxshilovchi va balg‘amni ko‘chiruvchi sifatida hamda immunitetni yaxshilash uchun tavsiya etiladi.
Bio Rezistin® ning faol komponenti hujayralar va to‘qimalarning metabolizmi uchun zarur bo‘lgan energiya darajasini ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi, charchoq va holsizlikni kamaytirishga yordam beradi.
Qo‘llash usuli:
Bio Rezistin® mahsulotini ertalab, tushlikda va kechqurun ovqatdan 30 minut oldin oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – 30 tomchidan kuniga 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 20 tomchidan kuniga 3 marta;
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 10 tomchidan kuniga 3 marta buyuriladi.
Eslatma:
homiladorlik va laktatsiya davrida shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilinsin.
Saqlash tartibi:
quruq, bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Dorixonalardan berilish tartibi:
shifokor retseptisiz. Biologik faol qo‘shimcha.
Ishlab chiqaruvchi:
MCHJ «BIO TIME». O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.
BFQ dori vositasi hisoblanmaydi




