• Nabaviy tarbiya
• Muallif: Adham Sharqoviy
• Tarjimon: Abdulqodir Samarqandiy
• Nashriyot:" Muharrir " nashriyoti
• Sana: 2026 yil
• Xajmi: 416 bet
• Muqovasi: Qattiq
• O'rchami: 70×90 1/16
Kitob nomi: Nabaviy tarbiya
Muallif: Adham Sharqoviy
Xarakteristika:
"Nabaviy tarbiya" kitobi musulmon jamiyatida payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) usullariga ko‘ra tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga bag‘ishlangan. Muallif Адҳам Шарқовий insonning ruhiy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi jihatlarni qamrab olib, foydali bilim va tajribalarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. Kitobda mavzular Qur’on va hadislar asosida yoritilgan bo‘lib, oila, farzand tarbiyasi hamda ijtimoiy muloqot masalalari atroflicha tahlil qilinadi. Unda nafis dizayn, mazmunan boy uslub va go‘zal ifoda kitobning alohida o‘ziga xos jihatlari sanaladi.
Ushbu kitob kichik-kichik maqolalardan tashkil topgan. Har biri biror hadis yoki nabaviy voqeaga asoslangan. Ulardan chiqarilgan go'zal xulosalar esa, o'quvchi ko'ngliga ilohiy jilo beradi. Masalan, Badr jangida ishtirok etganlarning gunoxlari afv etilganini, hatto keyinchalik ham Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam Hotib ibn Abu Balta'a roziyallohu anhuning qilmishini kechirganlarini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo hozir ham atrofimizda "Badr" ishtirokchilari borligini, bitta aybi uchun ularning "Badr"da qatnashganlik fazilatini unutib yuborayotganimizni ham bilyapmizmi? Albatta, bu gaplar hayratlanarli. Ammo kitobdagi "Badr" nomli maqolani o'qing, ana unda hayratingiz ichingizga sig'masligi aniq! Aslida, kitobdagi har bir maqola cheksiz hayrat o'chog'i. O'qing, ko'nglingiz jilo topsin!

