Muz qolip issiq kunlarda suv, sharbat, limonad, kokteyl va boshqa ichimliklar uchun muz tayyorlashga mo‘ljallangan qulay oshxona jihozidir. Bitta kartochkada tanlash uchun ikki xil forma mavjud:
10 katakli muz qolipi uzun shakldagi muzlar tayyorlaydi. Ular shisha va butilkalarning tor bo‘yin qismiga oson sig‘adi.


37 katakli muz qolipi asalari ini shaklidagi mayda muz bo‘laklarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Meva bo‘laklari, rezavorlar yoki yalpiz qo‘shib chiroyli muzlar tayyorlash mumkin.

Yumshoq va egiluvchan silikon qoliplar ichidagi muzni oson ajratib olishga yordam beradi. Ushbu muz idish qayta foydalanishga mos, muzlatgichda ko‘p joy egallamaydi va uy uchun foydali oshxona jihozlari qatoriga kiradi.
Afzalliklari
Tanlash uchun 10 va 37 katakli ikki xil qolip
Egiluvchan silikon tufayli muzni oson chiqarish
Ichimliklarni issiq havoda tez sovutish
Qayta-qayta foydalanish imkoniyati
Muzlatgichda kam joy egallashi
10 katakli forma shisha va butilkalar uchun qulay
37 katakli forma mevali va bezakli muz tayyorlash uchun mos
Oddiy suvdan tashqari turli mahsulotlarni muzlatish mumkin
Nimalar tayyorlash mumkin?
Oddiy muz
Mevali muz
Limonli va yalpizli muz
Sharbatli muz
Kofeli muz
Kokteyl uchun muz
Muzlatilgan yogurt
Meva pyuresi
Shokolad
Mayda konfetlar
Sous va bulon porsiyalari






