Nochorlik sabab suitsid yoqasiga kelib qolgan 29 yoshli muallif qanday qilib oʻz hayotini oʻzgartira oldi? Chorasizlik komidan qandoq qutulish mumkin? Burilish nuqtasi qachon va qayerda boshlanadi? Qaysi tamoyillar kishiga omad eshigini ochadi?
Muallif garchi boshlangʻich maktabda 6-sinfgacha taʼlim olgan, qator omadsiz tajribalar sohibi boʻlsa-da, bular uning yozuvchilikda ham nom qozonishiga toʻsqinlik qila olmadi. Umidsizlik, muvaffaqiyatsizlik intihosi hamda yutuqlar debochasi haqida hikoya qiluvchi ushbu asar sizni yuksak choʻqqilarni zabt etishga undaydi. Sodda va ravon uslubda yozilgan kitob sizga koʻplab hayotiy masalalarda maslahatchi boʻla oladi. Ilhombaxsh turfa hikoyalar esa omad kalitiga ega boʻlish sirlarini oʻrgatadi.
Bu kitob butun dunyoni kezib chiqqan. Uning muallifi nochorlikdan muvaffaqiyat sari yoʻlni qanday bosib oʻtganini gʻoyat taʼsirli tarzda hikoya qiladi. Bu odam oʻz vaqtida ishsiz qolgan, umidsizlikka tushgan, aziyat chekkan, hatto oʻz joniga qasd qilishga uringan. Xoʻsh, u chorasizlik, yoʻqchilik komidan qay tarzda chiqib ketdi? Qaysi tamoyillar omadga erishishiga omil boʻldi?
Kitobda muallifning qisqa vaqt ichida muvaffaqiyat qozongani turli-tuman voqealar misolida ochib beriladi. Shu asnoda har qanday kishi xuddi shu tarzda omad choʻqqisiga chiqishi mumkinligi uqtiriladi.

