• Muallif: Yusuf Qarzoviy Nashriyot: Munir nashriyoti Sana: 2023 yil Hajmi: 208 bet ISBN: 978-9943-7161-3-1 O‘lchami: 13.5x21 sm Muqovasi: qattiq
Buyuk olim Yusuf Qarzoviyning "Musulmon hayotida vaqt" nomli ushbu risolasida vaqtning inson, xususan, musulmonning hayotidagi ahamiyati, Qurʼon va sunnatdagi vaqt va uni g‘animat bilishga oid oyat va hadislar, vaqtni taqsimlash zarurati hamda salaflar hayotidagi vaqtni qadrlashga doir misol va o‘rnaklar keltirilgan. Shuningdek, risolada islom mo‘minga yuklagan sharʼiy vazifa va ibodatlarning muayyan vaqtlarga belgilab qo‘yilgani bayon etilib, mo‘minning dunyo va oxiratdagi najoti uning vaqtidan unumli foydalanishiga bog‘liq ekani taʼkidlanadi.

