Qulaylik, nazokat va zamonaviy yopiq uslub bir komplektda. Ushbu ayollar yubkali kostyumi kundalik hayotda erkin harakatlanish va shu bilan birga didli ko‘rinishni istagan ayollar uchun ajoyib tanlov.
Komplekt oversayz kofta va uzun maksi yubkadan iborat. Erkin bichim qulaylik beradi, uzun yubka esa obrazni yanada nafis va chiroyli ko‘rsatadi.
Tayyor obraz yaratish juda oson: sevimli hijobingizni, krossovka, lofer yoki klassik oyoq kiyimni qo‘shishingiz kifoya. Kostyum sayr, o‘qish, ish, safar, uchrashuv va kundalik kiyish uchun mos.
Komplektdagi kofta va yubkani boshqa kiyimlar bilan alohida ham kombinatsiya qilish mumkin.

